Song Afrika qit’asi terma jamoalaridan birining bosh murabbiyiga aylandi
Kamerun terma jamoasining sobiq sardori va sobiq bosh murabbiyi Rigober Song Markaziy Afrika Respublikasi terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda Markaziy Afrika futbol federasiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Biroq milliy futbol organi Song federasiya fikrini hisobga olmagan holda tayinlanganidan noroziligini bildirdi. Song deyarli bir yil oldin, 2024 yilning fevralida Kamerun terma jamoasini tark etgandi. Hozir murabbiy 48 yoshda.
MAR terma jamoasi ayni damda FIFA erkaklar terma jamoasi reytingida 129-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa o‘z tarixida hech qachon jahon chempionatining final qismida ishtirok etmagan. Qolaversa, bu jamoa hech qachon Afrika kubogida o‘ynamagan.