“CHelsi” himoyachisi shu oydayoq jamoani tark etadi
“Chelsi”ning fransiyalik markaziy himoyachisi Aksel Disasi yanvar oyidagi transfer muzokaralari tufayli APLning 21-turida “Bornmut”ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi.
Bu haqda insayder Fabrisio Romano X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, futbolchi shu oyda jamoani tark etishi mumkin. Qayd etilishicha, katta ehtimol bilan fransiyalik futbolchi sotib olish opsiyasi bilan ijara asosida klubni tark etadi.