Fabrisio Romano Arauxo va "Yuventus" o‘rtasidagi muzokaralar haqida ma’lumot berdi
"Yuventus" "Barselona" himoyachisi Ronald Arauxoga qiziqish bildirmoqda. Nufuzli insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Turin klubi Ispaniya Superkubogidan so‘ng Arauxo borasida "ko‘k-anorranglilar" bilan muzokara o‘tkazishga tayyor.
Qayd etilishicha, 25 yoshli Arauxo "Keksa sinyora" uchun himoyani kuchaytirish uchun ustuvor nomzod hisoblanadi. Turinliklarning qiziqishi haqida o‘tgan haftada "Barselona"ga xabar berilgan edi.
"Yuventus" doimiy transfer yoki sotib olish majburiyati bilan ijaraga olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Muntazam ijara yoki sotib olish imkoniyati bilan ijara variantlari Turin klubiga yoqmaydi.