Kompani: "O‘z uslubiga ega klub bilan o‘ynaymiz"
"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Myonxengladbaxning "Borussiya"siga qarshi o‘yin oldidan matbuotga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bavariya uchun hamma narsa doim aniq: qayerda va kim bilan o‘ynashimizdan qat’iy nazar, biz doimo g‘alaba qozonishni xohlaymiz. "Borussiya" jamoasida yakkama-yakka janglarda g‘alaba qozonishga qodir bo‘lgan ko‘plab texnik futbolchilar bor.
Bu o‘ziga xos DNKga ega klub, u har doim shunday bo‘lgan, shuning uchun o‘yin alohida bo‘ladi. Takror aytaman, biz faqat g‘alaba qozonishni xohlaymiz", - deydi Kompani.
"Bavariya" ertaga, 11 yanvar kuni safarda "Borussiya"ga qarshi o‘ynaydi.