"PSJ" Kvarasxeliya bo‘yicha kelishuvga o‘z futbolchisini qo‘shmoqchi
"Napoli" Xvicha Kvarasxeliyani "PSJ" futbolchilariga almashish variantiga qiziqmayapti.
Liga1 grandi gruziyalik futbolchi uchun asosiy da’vogar sanaladi. Transfer xarajatlarini kamaytirish maqsadida parijliklar kelishuvga markaziy himoyachi Milan Shkrinyarni ham qo‘shishni istashdi, biroq neapolliklar bu variantni rad etishdi, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira. Italiya klubining talabi o‘zgarishsiz qolmoqda - hech qanday o‘yinchisiz 80 million yevro.
Mish-mishlarga ko‘ra, Xvicha Kvarasxeliyaga Angliyaning "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "Nyukasl" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Vingerning "Napoli" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.