Ispaniya superkubogi. Bu galgi «el-klasiko»da kim favorit?
Yakshanba kuni bo‘ladigan final ishtirokchilarida bir biriga zid bo‘lgan xususiyat bor.
Odatda «Barselona» birinchi taymlarni yaxshi o‘ynaydi. Ijrochilar yosh, dastlabki reja doim yaxshi uddalanadi, o‘yin oxirlariga borib esa pasayish kuzatiladi. O‘yin tizginini boy berib qo‘yishi mumkin. Jamoa yosh va yangi.
«Real» butunlay aksi. Ikkinchi taymlarni, o‘yin oxirlarini yaxshi o‘tkazadi. Chunki ijrochilarga urg‘u ko‘proq. Ular o‘yinga kirishib olishi, raqibni his qilishi kerak, shundan keyingina ojiz nuqtalarni topishni boshlashadi.
Yarim finallar ham buni isbotladi. Shunaqa ssenariyni ko‘rdik. Agar «Atletik» biroz diqqatliroq o‘ynaganda, o‘yin oxirida burilish yasashi ham mumkin edi.
Shu jihatdan, final qiziq bo‘ladi. O‘yin boshlanishi «Barselona» uchun muhimroq. O‘sha pallada ustunlikni materiallashtirish, gollar urish kerak. O‘yin yakuniga borgan sari, «Real»ning ustunligi ortib boradi. Menimcha, sal pal «Real» favorit. Ammo o‘tgan safar ham shunday deb o‘ylagandim.
Qahramon Aslanov