Ispaniya superkubogi. «Real Madrid» - «Malyorka» - 3:0: Uchta savol va uchta javob
«Real Madrid» payshanba kechasi Jiddada bo‘lib o‘tgan Ispaniya superkubogi yarim finalida Real «Malyorka»ni 3:0 hisobida mag‘lub etib, yakshanba kuni «Barselona»ga qarshi bo‘ladigan finalga yo‘l oldi. Hisobga qaramay, bu g‘alaba oddiy bo‘lgani yo‘q. O‘yin boshlanganidan bir soat o‘tib Jud Bellingem darvozaga yo‘l topdi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Martin Valjen o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygan bo‘lsa, va Rodrigoning zarbasi o‘yin taqdirini hal qildi.
Uchta javob
1. Vinisiusning o‘yini
Juma kuni "Valensiya"ga qarshi o‘yinda qizil kartochka olganidan so‘ng, uning jazosi La liga uchrashuvlari (Las Palmas va Valyadolidga qarshi)ga tadbiq etilishi ayrim bahslarga sabab bo‘ldi. Bu uning kechagi o‘yiniga ta’sir qilmay qolmadi. Pablo Maffeo uni doimiy ravishda janjalga tortishga harakat qilgani buning yaqqol isboti bo‘ldi. Braziliyalik o‘yinchi harakatchan va faol bo‘lsa-da, «Malyorka» futbolchilarining provokasiyasi uning diqqatini chalg‘itgan bo‘lishi mumkin. Boisi, Vinisius kecha ham gol urmadi va birgina noaniq zarba berdi.
2. «Malyorka» kutilmagancha jiddiy raqib bo‘lib chiqishi mumkinmidi?
Madridlik muxlislar «Malyorka»ga qarshi qiyin o‘yinlarga o‘rganib qolishgan. So‘nggi to‘rt uchrashuvda har ikki jamoa faqat bittadan gol urgan holatlar bo‘lgan: «Real Madrid»ning ikki g‘alabasi, bir durang va «Malyorka»ning bir g‘alabasi. Uchrashuv oxirida Pablo Maffeo va Raul Asensio o‘rtasidagi tortishuv va zaxira o‘rindig‘idan kelib chiqqan mojaro 90 daqiqa davomidagi shiddatli o‘yin kayfiyatini ko‘rsatdi. Bu uchrashuvda jami 26 fol qayd etildi: «Real Madrid» tomonidan 12, «Malyorka»dan esa 14 ta. Saudiya Arabistonidagi 24°C issiq havo va o‘yindagi keskinlik bu murakkablikni yanada oshirdi.
3. «Real Madrid» Superkubokni qo‘lga kiritadimi?
2020 yilda yarim final va final formati joriy etilganidan beri «Real Madrid» besh marta Ispaniya Superkubig‘iga qatnashgan bo‘lsa, to‘rt marta finalga chiqqan. Faqat 2021 yilda, Kovid-19 sababli musobaqa Ispaniyada o‘tkazilganda, yarim finalda "Atletik Bilbao"ga 2-1 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Musobaqa Ispaniyadan tashqari o‘tkazilgan barcha hollarda, "Real" kamida finalga chiqqan. "Qaymoqranglilar" finallarda: 2020 yilda "Atletiko Madrid", 2022 yilda "Atletik Bilbao" va 2024 yilda «Barselona»ga qarshi o‘ynab g‘olib chiqqan bo‘lsa, 2023 yilda esa «Barselona»ga mag‘lub bo‘lgan.
Uchta savol va ularga javoblar
1. Ispaniya Superkubig‘i finali qachon bo‘ladi?
Ispaniya Superkubogi finalida "el-klasiko"ga guvoh bo‘lamiz. Musobaqaning 42-final o‘yini Jiddadagi "Qirol Abdulloh" stadionida o‘tkaziladi. Ushbu o‘yin yakshanba, 12 yanvar kuni, mahalliy vaqt bilan soat 22:00 da, Toshkent vqati bilan 00:00 da boshlanadi. Bu Superkubok tarixida to‘qqizinchi bor "Klasiko" o‘yini bo‘ladi. Shulardan «Real Madrid» yetti marta g‘alaba qozongan, ikkita o‘yinda mag‘lub bo‘lgan (2011/12 va 2022/23 yillarda). Agar «Real Madrid» g‘alaba qozonsa, bu ularning 14-marta ushbu sovrinni qo‘lga kiritishi bo‘ladi va jamoaning joriy mavsumdagi uchinchi sovrini sanaladi (UYEFA Yevropa Superkubogi va FIFA Interkontinental Kubokdan so‘ng).
2. Jud Bellingemning hozirgi formasi qanday?
Jud Bellingemning mavsum boshida, 9 noyabrga qadar klub darajasida gol urmaganini eslash mumkin. Shundan beri u 12 o‘yinda 9 ta gol va 4 ta assist qayd etdi. Hatto so‘nggi 12 o‘yinning 9 tasida u gol urgan, faqat "Liverpul", "Sevilya" va "Pachuka"ga qarshi o‘yinlarda bunga erishmagan. «Malyorka»ga qarshi o‘yinda u maydonda eng xavfli o‘yinchilardan biri bo‘ldi, 2 ta aniq zarba va 4 ta xavfli vaziyat yaratgan. Agar u mavsumni sekin boshlagan bo‘lsa ham, hozir u a’lo darajada o‘ynamoqda.
3. Luka Modrich, Orelyen Tchuameni, Fede Valverde yoki Jud Bellingem final uchun tayyor bo‘ladimi?
«Real Madrid» jamoasida bir nechta jarohat va bemorlar qayd etilgan. Luka Modrich virus tufayli o‘yinga chiqa olmagan bo‘lsa, Orelyen Tchuameni bosh jarohati sabab maydonga tushmadi. Fede Valverde va Jud Bellingem esa mushak charchog‘i sababli maydonni tark etdi. O‘yindan so‘ng Karlo Anchelotti ijobiy yangilik berib, “Tchuameni o‘zini yaxshi his qilmoqda. Shifokor uning bosh jarohati tufayli ehtiyot chorasini ko‘rishni ma’qul ko‘rdi”, dedi. Shuningdek, u ikki yarim himoyachisi haqida: “Bellingem va Valverdeda mushak charchog‘i bor edi, biz issiq havoni kutmagan edik, bu o‘yin ritmiga ta’sir qildi”, deb qo‘shimcha qildi. Shunga qaramay, ular finalda o‘ynay olishi yoki yo‘qligi bo‘yicha aniq ma’lumot bermadi. Har holda, yaqin haftalarda bir nechta muhim o‘yinlar borligi sababli Anchelotti hech qanday xavfga borishni xohlamasligi mumkin.