Loris Karius o‘ziga yangi klub topdi
Hozirda erkin agent bo‘lib turgan Loris Karius faoliyatini o‘z vatani Germaniyada davom ettiradi.
Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, 31 yoshli nemis Bundesliga-2 ishtirokchisi "Shalke-04" bilan shartnoma imzolaydi.
Golkiper bugun, 10 yanvar juma kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.