Tchuamenining sog‘lig‘ida muammo paydo bo‘ldi
Orelyen Tchuameni Ispaniya Superkubogida sog‘lig‘ida muammoga duch keldi.
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi "Malyorka"ga qarshi yarim final o‘yinining ikkinchi bo‘limi boshida hujumchi Kayl Larinning yelkasiga boshi bilan zarba berdi. Bu futbolchilar havodagi to‘p uchun kurashayotgan paytda sodir bo‘ldi.
Fransuz maydonga yiqildi va biroz vaqt turmadi. Tibbiy yordam ko‘rsatilgach, u maydonni tark etdi va uning o‘rniga Raul Asensio maydonga tushdi. Tchuameni darhol kiyim almashtirish xonasiga yo‘l oldi va keyinrok zaxira o‘rindig‘iga qaytdi.