Tchuamenining «Real»dagi kelajagi haqida ma’lumot berildi
Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni Yevropaning boshqa klublaridan bo‘layotgan qiziqishlarga qaramay madridliklar safidan ketish niyati yo‘q. Bu haqda Fabrisio Romano xabar berdi.
24 yoshli fransuz 2022 yilda «Monako»dan 80 million yevro evaziga «Real»ga o‘tgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.