Devid Moyes "Everton"ga qaytishga tayyor
Devid Moyes yana "Everton" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.
Klub bugun Shon Daychning iste’fosi haqida e’lon qildi.
Jurnalist Ben Jeykobsning so‘zlariga ko‘ra, Devid Moyes "Everton"ga qaytishga tayyor va bo‘sh turgan lavozim uchun asosiy da’vogarlardan biri bo‘lishi kutilmoqda. 61 yoshli shotlandiyalik mutaxassis 2002 yildan 2013 yilgacha "Everton"ni boshqargan.
Xabarlarga ko‘ra, Paulu Fonseka va Li Karsli ham bosh murabbiy lavozimini egallashga tayyor, ammo ular bilan hozircha aloqa yo‘q.