"Lester"ni boshqarishga 3 ta nomzod bor
Rud van Nistelroy - "Lester" uchun ustuvor variant.
"Tulkilar" Stiv Kuper iste’foga chiqqanidan keyin "Manchester Yunayted" sobiq murabbiyi nomzodiga murojaat qildi, deya xabar berdi jurnalist Rudi Galetti.
Manbaga ko‘ra, "Lester" Devid Moyes (sobiq "Vest Xem," "MYU" va "Everton") va Grem Potter variantni ham ko‘rib chiqmoqda.
12 turdan so‘ng "Lester" APLda 16-o‘rinni egallab turibdi.
Avvalroq van Nistelroyga "Gamburg"ning qiziqishi ma’lum bo‘lgandi.