Musialani terma jamoada o‘ynashga kim ko‘ndirgan?
Hujumkor yarim himoyachi Jamol Musiala Germaniya va Angliya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Futbolchi 2021 yil mart oyidan beri Germaniya terma jamoasida o‘ynay boshladi.
Bu haqda Bundestim bosh murabbiyi Yoaxim Lyov fikr bildirdi.
"Oliver Birxoff bilan Myunxenga bordik. Biz Musiala va uning onasi bilan suhbatlashdik. U Angliyada o‘sgan, u yerda do‘stlari bor va yoshligi o‘sha yerda o‘tgan.
U Angliya va Germaniya o‘rtasida tanlov qildi.
Unga agar bizni tanlasa, 2021 yilning yozida Yevropa chempionatida o‘ynashini aytdim", - deya esladi Lyov.