"Everton" Mourinyoning variantini ko‘rib chiqmayapti
"Everton" rahbariyati Joze Mourinyoni bosh murabbiy etib tayinlash niyatida emas.
Avvalroq OAVda klubning yangi xo‘jayini Den Fridkin iste’foga chiqarilgan Shon Daych o‘rniga "Fenerbaxche"ni boshqarayotgan Mourinyoning variantini ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, "Everton" rahbariyati 61 yoshli portugaliyalik mutaxassisni bosh murabbiylikka taklif qilishni rejalashtirmayapti.