7 yanvar kuni «Real» prezidentligi uchun saylov bo‘lib o‘tadi
Madridning "Real" klubi prezidenti va direktorlar kengashi saylovi 7 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ovoz berish yig‘ilishi Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi. Yangi prezident va direktorlar kengashi tarkibi to‘rt yillik muddatga saylanadi.
2000 yildan beri klub prezidenti lavozimini egallab kelayotgan Florentino Peres, 2021 yilda raqobatchilar yo‘qligi sababli avtomatik ravishda qayta saylangan edi.
Manba: sport24.ru