"Borussiya" sport direktori bilan yangi shartnoma imzoladi
Dortmundning "Borussiya" klubi va sport direktori Sebastyan Kel yangi shartnoma imzoladi. U 2027 yilgacha xizmat qilish uchun mo‘ljallangan, deb xabar bermoqda jamoa matbuot xizmati.
Kel futbolchilik faoliyati davomida 14 yil davomida "Borussiya"da o‘ynagan. U klubga 2001 yilda "Frayburg"dan kelib qo‘shilgan. 2015 yilda Kel faoliyatini yakunladi, "Borussiya" uning futbolchilik faoliyatidagi so‘nggi klubi bo‘ldi.