Anchelotti: "Mbappe juda yaxshi o‘ynadi, ammo..."
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Kilian Mbappening o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Fransiyalik futbolchi Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Malyorka"ga qarshi o‘yinda (3:0) gol ura olmadi, ammo italiyalik murabbiyni hayratda qoldira oldi.
"Mbappe juda yaxshi o‘ynaydi, lekin men uning maksimal saviyasini ham bilmayman. Kilianga xos fazilatlarni hisobga olsak, u hamma narsaga erisha oladi.
U ajoyib ishlayapti, lekin bugundan emas, dekabrdan beri. U ko‘p gol urmoqda, yaxshilanmoqda", - deya Anchelotti so‘zlarini keltiradi Madrid Universal.