"Real" yana "An-Nasr" himoyachisi variantiga qaytdi
Madridning "Real" klubi "An-Nasr" markaziy himoyachisi Emerik Laportni yana bir bor o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Ispaniyalik futbolchining "qirollik" klubiga o‘tishi haqidagi muzokaralar o‘tgan yilning kuz va yoz oylarida faol ravishda olib borilgandi, ammo aniq bir narsa aytilmagan. Fichajes xabariga ko‘ra, "Real" 30 yoshli futbolchiga yana qiziqish bildirmoqda. Muzokaralar yaqin orada bo‘lib o‘tishi mumkin, "qaymoqranglilar" vakillari esa Ispaniya Superkubogi o‘yinlari bo‘lib o‘tayotgan Saudiya Arabistonida bo‘lib turibdi.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Emerik Laportning narxi 18 million yevroga teng. "Manchester Siti"ning sobiq futbolchisining "An-Nasr" bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.