"Barsa" yosh darvozaboni bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi
Kataloniyaning "Barselona" klubi 18 yoshli darvozaboni Diyego Kochen bilan yangi shartnoma imzoladi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" va aqshlik golkiper o‘rtasidagi yangi kelishuv 2028 yilgacha tuzildi.
Koche hozircha "blaugrana" asosiy jamoasida debyut qilmagan. U 2019 yildan buyon klub tizimida faoliyat olib bormoqda.