Fergyuson yangi shartnoma imzoladi
"Bolonya" yarim himoyachisi Lyuis Fergyuson amaldagi shartnomasini uzaytirdi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.
Yangi kelishuv 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Shuningdek, u yana bir yilga uzaytirish imkoniyatini beradi.
Shotlandiyalik futbolchi 2022 yildan buyon "Bolonya"da o‘ynab kelmoqda. U "Aberdin" klubidan 2 million yevro evaziga transfer qilingan.