Modrich o‘z rekordiga izoh berdi
"Real Madrid" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich "Valensiya" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (2:1) jurnalistlarning savollariga javob berdi.
Xorvat 85-daqiqada - zaxiradan maydonga tushganidan atigi besh daqiqa o‘tib, gol urdi. 39 yoshli yarim himoyachi klub tarixida gol urgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi.
"Mening rekordim? Buni tasavvur qilishim mumkin edi. Men "Real"ning eng keksa o‘yinchisi edim, endi esa gol urgan eng keksa futbolchiga aylandim.
Jud Bellingemning bunday ajoyib uzatmasidan keyin gol urmaslik qiyin edi," - deya Modrichning so‘zlarini keltirmoqda Madrid Xtra.