«An-Nasr» bosh murabbiyi: «Ronalduga boshqalarga qaraganday munosabatda bo‘la olmayman»
"An-Nasr" bosh murabbiyi Stefano Pioli portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan ishlash tajribasi haqida fikr bildirdi.
"Men yarim soat oldin kelsam, u 25 daqiqa oldin yetib kelgan bo‘ladi. U har doim birinchi bo‘lib avtobusga o‘tiradi. U perfeksionist, o‘zidan ham, boshqalardan ham ko‘p narsa talab qiladi.
Ronaldu jamoa uchun yashaydi. U yordam beradi, maslahatlar beradi. Ayrim vaqtlarda men unga jamoa bilan suhbatlashishni topshirganman. Unga boshqalarga qaraganday munosabatda bo‘la olmayman, lekin u aqlli va o‘z roli hamda mening vazifalarimni hurmat qiladi", — deb keltiradi Piolining so‘zlarini Football Italia.
Ronaldu 2023 yildan beri "An-Nasr"da o‘ynamoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha amal qiladi.
Manba: championat.com