«Milan» bosh murabbiyi iste’foga chiqayotganini e’lon qilindi
«Milan» bosh murabbiyi Paulu Fonseka o‘z lavozimidan ketishini tasdiqladi. Jurnalistlar bilan suhbatda u "Roma" bilan bo‘lgan (1:1) uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida rahbariyat unga bu qarorni ma’lum qilganini aytdi.
Fonseka shunday dedi:
"Bu haqiqat, men "Milan"ni tark etyapman. Bu hayot. Men o‘z vijdonim toza, chunki bor imkoniyatimni ishlatdim".
Fonseka 2024 yilning iyun oyida "Milan"ga tayinlangan edi.
Taniqli jurnalist Janluka Di Marsioning xabar berishicha, 30 dekabr kuni "Milan"ni Serjiu Konseysau boshqara boshlaydi. U "Portu" klubini o‘tgan yozda tark etgan edi.
Hozirgi kunda "Milan" Italiya A Seriyasida 18-turdan keyin 8-o‘rinda. Jamoa yetakchilar "Atalanta" va "Napoli"dan 14 ochko orqada qolmoqda, bir o‘yin zaxirasi bor.
Manba: sports.ru