Xavi Ernandes "Milan"ning keyingi murabbiyi bo‘lishi mumkin
Ispan matbuoti Paulu Fonseka "Milan"dan iste’foga chiqarilsa, uning o‘rnini "Barselona" sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes egallashiga ishonch bildirmoqda. Olti oydan beri Xavi ta’tilda, ammo murabbiylik qobiliyatini umuman yo‘qotgani yo‘q. Bu haqda ElNacional.cat xabar bermoqda. Eslatib o‘tamiz, Xavi uchun "Barselona"da ishlash Yevropa futbolidagi ilk murabbiylik tajribasi bo‘ldi.
"Milan" hozirda Italiya chempionati turnir jadvalida atigi sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi.