«Yuventus» Bonuchchiga bergan va’dasini bajarmadi
Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Leonardo Bonuchchi "Yuventus"dan "Milan"ga o‘tganini esladi.
"Milan"da ular menga sardorlik bog‘ichini olishimni va klubning tiklanishining ramzi bo‘lishimni aytishdi.
Ha, “Yuventus”da qatorasiga oltinchi marta A Seriyani yutganman, lekin bu bilan ishtiyoqim so‘nib qolmadi.
Chempionlar ligasi finalidan keyin nimadir ishlamay qoldi, agentim menga qo‘ng‘iroq qildi va "Milan" varianti borligini aytdi.
"Yuventus" rahbariyati bilan gaplashdim va biz turli yo‘nalishlarda harakat qilishga qaror qildik.
Men shunchaki o‘z tajribamga asoslanib tanlov qildim. Bir yil oldin «Yuventus» meni hech qanday pulga sotmasliklarini aytgan edi, keyin esa «Milan»ga 30 million yevroga sotishdi, demak, ular meni olib qolishni istamadi", - deya Bonuchchidan iqtibos keltiradi Prime Video.