"MYU" rahbariyati klubdagi "quloq"ni topmoqchi
"MYU" futbolchilari kiyinish xonasidagi gapni tashqariga olib chiqayotgan "quloq"ni qidirishmoqda
Daily Mail xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" futbolchilari jamoaga yaqin bo‘lgan va o‘yinlar uchun tarkiblar haqidagi qarorlarni rasman e’lon qilinishidan ancha oldin tarqatib yuborayotgan odamni qidirishmoqda.
Bu holat ten Xag davrida ham kuzatilgan va hozir ham davom etib kelmoqda.
Jamoa yetakchilari "super detektiv"ga aylanib, OAVga ma’lumot tarqatayotgan shaxsni topishmoqchi.