“Manchester Yunayted” a’zosi klubni tark etdi
“Manchester Yunayted” bosh oshpazi “Formula-1” jamoasiga kelib qo‘shildi.
Birinchi jamoa oshpazi Omar Mezian "mankunianliklar" klubini tark etdi, deb xabar beradi Daily Mail.
Qayd etilishicha, “Manchester Yunayted” futbolchilari uning faoliyati haqida ijobiy fikr bildirishgan.
Mezian menyuga xilma-xillik qo‘shdi va o‘yinchilar uchun individual ovqatlanish rejalarini ishlab chiqdi.
Umar har safar o‘yinga uchta yordamchi oshpazdan biri hamrohligida borgan va har doim o‘yindan bir kun oldin jamoa mehmonxonasidagi taomlar talab darajasida bo‘lishini ta’minlagan.
Mezian "Formula 1"dan Maklaren jamoasiga ishlash uchun ketgan.