Argentinalik sobiq futbolchi: "Argentinaga JCH-2022da omad kulib boqdi"
Ugo Gatti Argentina terma jamoasining JCH-2026dagi istiqboliga ishonmaydi.
"Jamoa barcha kubokda g‘alaba qozondi - endi muammo motivasiyani saqlab qolishda bo‘ladi. Bu terma jamoa JCH-2026da yaxshi o‘ynamaydi.
Unda endi fundamental o‘yinchilar bo‘lmaydi. Jamoada kuchli markaziy himoyachilar ham bor edi - Kristian Romero va Otamendi. Romero hozir tez-tez jarohat oladi va buni hisobga olish kerak.
Argentina terma jamoasiga JCH-2022da omad kulib boqdi. Agar turnir Argentinada o‘tkazilganida, ular g‘alaba qozonmagan bo‘lardi", - dedi Argentina terma jamoasining sobiq darvozaboni.