Di Mariya Argentina terma jamoasi bilan xayrlashdi
Anxel di Mariya Argentina terma jamoasi bilan xayrlashish marosimida jamoatchilikka murojaat qildi.
36 yoshli futbolchi iyul oyida "Albiselesta" uchun Amerika kubogi g‘alaba qozonganidan so‘ng darhol xalqaro faoliyatini yakunladi. Bugun Chiliga qarshi JCH-2026 saralash o‘yini boshlanishidan oldin yarim himoyachi xayrlashuv nutqi bilan chiqdi.
"Endi men jamoani tashqaridan qo‘llab-quvvatlovchi muxlislardan biri bo‘laman. Men barcha Amerika kuboklari va jahon chempionatlariga boraman. Biz, albatta, xuddi shunday ruhda davom etamiz, chunki bu jamoa juda kuchli", - deya Argentina terma jamoasi safida 145 o‘yin o‘tkazgan Di Mariyaning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.