Karsli nima uchun Angliya terma jamoasiga "MYU" futbolchilari chaqirilmaganini tushuntirdi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Li Karsli "Manchester Yunayted" futbolchilarining terma jamoada yo‘qligi haqida fikr bildirdi.
Bir paytlar "Manchester Yunayted" Angliyaning tayanch klublaridan biri bo‘lgan, ammo hozir Karsli qo‘l ostida "qizil iblislar"dan bitta ham vakil yo‘q.
Gap shundaki, Garri Maguayr va Markus Reshford terma jamoaga taklif etilmagan, Kobbi Maynu esa jarohati sabab chaqiruvga javob bera olmadi, biroq Karsli futbolchilarning formasiga qarab qaror qabul qilishiga ishontirmoqda.
"Siz eng yaxshi o‘yinchilarni tanlamoqchisiz. Mening ishimning ko‘p qismi o‘yinchilarni ko‘rib chiqish va ularning formasini bilishdir. Men klublardan ko‘ra ko‘proq futbolchilarga qarayman.
Bizda "Manchester Yunayted"ning ko‘plab ajoyib futbolchilari borligidan omad kulib boqdi, ammo jamoa hozirda liga va xorij klublari bo‘ylab ko‘proq tarqalgan. Bu bir muncha vaqtdan beri davom etmoqda", - dedi Karsli Sky Sports bilan suhbatda.