Rays Karsli qo‘l ostida o‘ynayotganidan xursand
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Deklan Rays Millatlar ligasida Finlyandiya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (3:1) fikr bildirdi.
"Li Karsli maydonga chiqib, erkin o‘ynashimizni so‘radi. O‘yindan zavq olganimizni o‘zingiz ko‘rishingiz mumkin.
Biz uning boshchiligida murabbiylar Eshli Koul va Joleon Leskott bilan vaqtimizni yaxshi o‘tkazyapmiz. Butun jamoa o‘ziga juda ishonadi", dedi Rays ITV Football nashriga bergan intervyusida.