Saloh "Liverpul" bilan yangi shartnoma bo‘yicha vaziyat haqida fikr bildirdi
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh klub bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar bor yoki yo‘qligini aytdi.
"Yo‘q, biz bundan uzoqmiz.
Va men OAVga hech narsa demoqchi emasman", - dedi Saloh Sky Sports nashriga.
32 yoshli misrlik futbolchining shartnomasi yozda yakuniga yetadi.
Joriy mavsumda futbolchi "Liverpul" safida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.