Saloh "Oltin to‘p" haqidagi savolga javob berdi
"Liverpul" vingeri Muhammad Saloh "Oltin to‘p" haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Mening xayolimda yagona narsa "Liverpul"ning Premyer-ligada g‘alaba qozonishi", - deydi Saloh.
32 yoshli misrlik ushbu mavsumda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.