"Bayer" amerikalik himoyachiga qiziqib qoldi
Leverkuzenning "Bayer" klubi "Seltik" markaziy himoyachisi Kemeron Karter-Vikersga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi The Athletic muxbiri Larri Xenri.
26 yoshli amerikalik himoyachi nemis klubi himoyasini kuchaytirishning mumkin bo‘lgan variantlaridan biridir.
Hozirda "dorishunoslar" futbolchining transferi bo‘yicha hech qanday taklif bilan chiqishmagan.
Shu bilan birga, Kemeron Karter-Vikers hamon Premyer-ligada o‘ynashni xohlayotgani da’vo qilinmoqda.