APLda o‘ynagan sobiq futbolchi hibsga olindi
Angliya premyer-ligasining sobiq futbolchisi zo‘rlashda gumonlanib hibsga olindi.
Taxmin qilingan voqea London mehmonxonalaridan birida yuz bergan, deb yozadi The Sun.
Yosh ayolning aytishicha, u futbolchi bilan barda uchrashgandan so‘ng mehmonxonaga ketgan. U yerda sportchi unga hujum qilib, zo‘rlagan.
Huquqiy sabablarga ko‘ra futbolchining ismi oshkor etilmagan. Faqatgina sportchi 24 yoshda ekanligi ma’lum.
Futbolchi hibsga olingan va advokat ishtirokida so‘roq qilingan. Shu bilan birga, DNK namunasi, barmoq izlari va boshqalar to‘plangan.
Futbolchi garov evaziga qo‘yib yuborildi, tergov davom etadi. Taxminlarga ko‘ra, sportchi zo‘rlash versiyasini rad etadi.