Di Kanio: "MYU"ning barcha direktorlarini MakTomineyni sotgani uchun hibsga olgan bo‘lardim"
"Vest Xem"ning sobiq futbolchisi Paolo di Kanio "Manchester Yunayted" rahbariyatini "Napoli"ga o‘tgan yarim himoyachi Skott MakTominayni yozda sotgani uchun tanqid qildi.
"Men "Manchester Yunayted"ning barcha direktorlarini MakTominayni sotganligi uchun hibsga olgan bo‘lardim. Qanday qilib ular bunday o‘yinchini qo‘yib yuborishlari mumkin edi?", - deydi sobiq italiyalik futbolchi.
Joriy Italiya A Seriyasida MakTominay 4 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol va 1 golli uzatmani amalga oshirdi. O‘tgan mavsumda 27 yoshli shotlandiyalik yarim himoyachi Angliya Premyer-ligasida 7 ta gol urdi.