"Barselona" Reshfordni faqat bir shart bilan sotib oladi
"Barselona" agar maoshini kamaytirishga rozi bo‘lsa, "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshfordni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Ispaniyaning Sport.es nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Kataloniya rahbariyati Reshford maoshini ikki baravar kamaytirishga rozi bo‘lsa, unga shartnoma taklif qilishga tayyor. Shu bilan birga, "Barselona" hozircha bu borada faol qadam tashlagani yo‘q.
Oldinroq "qizil iblislar" forvardni qishki transfer oynasida sotish niyatida ekani ma’lum bo‘lgandi. E’tiborlisi, Reshford so‘nggi uch o‘yindan beri tarkibga kiritilmagan.