"Liverpul" afsonasi Salohning kelajagi haqida fikr bildirdi
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Ian Rash misrlik hujumchi Muhammad Salohning faoliyati haqida gapirdi.
"Saloh yangi mehnat shartnomasini imzolashini istardim. Kelajakda nima bo‘lishini hozircha bilmaymiz, lekin ishonchim komilki, jamoaning har bir muxlisi buni xohlaydi. Muhammad - asosiy jamoaning barqaror o‘yinchisi, shuning uchun men jamoani tark etish uchun hech qanday sabab ko‘rmayapman", - dedi "qizillar" sobiq futbolchisi.
Eslatib o‘tamiz, misrlik vinger 2017 yildan beri mersisaydliklar klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Salohning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi.