"Lans" 17 yoshli futbolchini jamoaga olib kelmoqda
Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Lans" 17 yoshli chernogoriyalik markaziy yarim himoyachi Andriya Bulatovich bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Hozirda u o‘z vatanining "Buduchnost" jamoasida o‘ynamoqda.
Manbaga ko‘ra, "Dinamo Zagreb" ham futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan, ammo u "Lans"ni tanlagan. Hozirda kelishuv yakuniy bosqichda.
Andriya Bulatovich joriy mavsumda "Buduchnost"ning asosiy tarkibida 23 ta o‘yinda maydonga tushdi (2 gol, 2 golli uzatma). U UYEFA yoshlar ligasida ham 2 ta o‘yin o‘tkazdi.