"Milan" Urugvay terma jamoasi a’zosini sotib olishga yaqin turibdi
"Milan" "Atletiko Paranaense"dan Agustin Kanobbioni sotib olishga yaqin turibdi.
"El Observador" xabariga ko‘ra, transfer narxi 4 million yevroni tashkil qilishi mumkin. "Atletiko Paranaense" futbolchini 2022 yilning mart oyida "Penyarol"dan 2,85 million yevroga sotib olgan. Agar transfer amalga oshirilgan taqdirda, "Penyarol" 450 ming yevroni tashkil qiluvchi gonorarning foizini oladi.
Futbolchiga "Boka Xuniors", "River Pleyt" va "Palmeyras" klublari ham qiziqish bildirishgan, ammo Kanobbio Yevropaga ko‘chib o‘tishga tayyor.
26 yoshli futbolchi ko‘p qirrali vinger bo‘lib, u asosan chap qanotda o‘ynaydi, lekin o‘ngda yoki hujumchi orqasida chuqurroq rolda ham joylashishi mumkin.
Joriy mavsumda "Atletiko Paranaense" safida Agustin 48 o‘yinda 9 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U shuningdek, Urugvay terma jamoasi safida 12 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.