Suares Urugvay terma jamoasidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi (foto)
Toshkent vaqti bilan 6 sentyabrdan 7 sentyabrga o‘tar kechasi Urugvay poytaxti Montevideodagi "Sentenerio" stadionida Urugvay va Paragvay terma jamoalari o‘rtasida JCH—2026 uchun Janubiy Amerika saralash turnirining 7-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 0:0 hisobida durang bilan yakunlandi.
Bu uchrashuv urugvaylik 37 yoshli hujumchi Luis Suares uchun terma jamoadagi oxirgisi bo‘ldi. Faxriy asosiy tarkibda maydonga tushdi va butun uchrashuv davomida harakat qildi. 85-daqiqada Suares sportga xos bo‘lmagan xatti-harakatlari uchun sariq kartochka oldi.
Luis Suares Urugvay terma jamoasida 2007 yilning fevralida 20 yoshida debyut qilgan. U terma jamoa safida jami 143 ta o‘yin o‘tkazib, 69 ta gol urgan va 39 ta golli uzatmani amalga oshirgan.