Braziliya Urugvay bilan durang o‘ynadi
Braziliya va Urugvay terma jamoalari JCH-2026 saralash bahsida durang o‘ynadi - 1:1. O‘yin Salvadordagi "Fonte Nova" stadionida bo‘lib o‘tdi.
Birinchi bo‘limda gollar kuzatilmadi. Ikkinchi bo‘lim boshida urugvaylik yarim himoyachi Federiko Valverde hisobni ochdi. Braziliyaliklar 7-daqiqada hisobni tenglashtira oldi, Gercon gol urdi.
Urugvay 20 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Braziliyaliklar 18 ochko bilan 5-o‘rinda.