Kompani Germaniya va Angliyada ishlash o‘rtasidagi farqni tushuntirdi
"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Germaniya va Angliyada ishlash o‘rtasidagi farq haqidagi savolga javob berdi.
"Bu haqda o‘ylash qiziq. Angliyadagi ko‘plab klublar biroz boshqacha yo‘l tutishadi. Men ilgari Germaniyada o‘ynaganman, shuning uchun bu yerdagi tizimni tushunaman. Menga "Bavariya"dagi rolim yoqadi, men futbolchilar bilan muloqot qiladigan yagona odam emasman, shartnoma majburiyatlariga kelsak, bu masalalar rahbariyat tomonidan muhokama qilinadi, biz bir-birimizni to‘ldiramiz", dedi Kompani matbuot bilan suhbatda.