“Atletiko”ning yana bir bezori muxlisi aniqlandi
La Liganing 8-turidan o‘rin olgan “Atletiko” – “Real” uchrashuvi (1:1) muxlislarning tribunadagi xatti-harakatlari tufayli 15 daqiqaga to‘xtatilgandi.
Muxlislardan ba’zilari haqoratomuz so‘zlarni aytishgan, shuningdek, "Real Madrid" darvozaboni Tibo Kurtua tomon turli xil narsalarni uloqtirishdi. Voqeaga aloqador bir muxlis aniqlandi.
Muxlisning shaxsi tasdiqlangach, u uch marta tartibsizliklarni davom ettirsa, uning stadionga kirishi doimiy ravishda taqiqlanadi.
Qayd etilishicha, tergov va hodisaga aloqador shaxslarni qidirish davom etmoqda.