"Atletiko" muxlislari "Real"ga qarshi o‘yinda sodir bo‘lgan voqealar uchun jazolandi
Sportdagi zo‘ravonlik, irqchilik, ksenofobiya va murosasizlikka qarshi kurash bo‘yicha Davlat komissiyasi doimiy qo‘mitasi 2024 yil 29 sentyabr kuni "Atletiko" – "Real" uchrashuvida yuz bergan voqea yuzasidan qaror qabul qildi.
"Atletiko Madrid"ning besh nafar muxlisi barcha sport tadbirlaridan chetlashtiriladi va har biri 6000 yevro miqdorida jarimaga tortiladi. Yana 15 nafar muxlis tergov ostida.
Bunday qarorga stadionda tartibning buzilishi, xususan, maydonga buyumlar uloqtirish va “Real Madrid” futbolchilariga nisbatan irqchilikka asoslangan haqoratlar sabab bo‘lgan. Qo‘mita barcha aybdorlarni javobgarlikka tortish maqsadida to‘plangan materiallarni o‘rganishni davom ettirayotganini ta’kidladi.