"Real" asosiy jamoasi mashg‘ulotlariga jalb qilinayotgan futbolchi xoch bog‘lamidan jarohat oldi
Madridning "Real" klubining U-19 jamoasi chap qanot himoyachisi Migel Perales mashg‘ulotlarda xoch bog‘lamlaridan jarohat oldi va uzoq muddatga safdan chiqdi.
So‘nggi vaqtlarda 18 yoshli ispaniyalik futbolchi bir necha bor Karlo Anchelotti tomonidan asosiy jamoa mashg‘ulotlariga jalb qilinayotgan edi. Endi u uzoq vaqt jarohatini davolashiga to‘g‘ri keladi.