«Yuventus»ning yana bir futbolchisi xoch bog‘lamidan jarohat olgan bo‘lishi mumkin
Xuan Kabal jarohati tufayli uzoq muddat maydonga tusha olmasligi mumkin.
Avvalroq, «Yuventus» himoyachisi Kolumbiya terma jamoasi bilan mashg‘ulot vaqtida tizzasidan jarohat olgani va terma jamoani tark etgani ma’lum bo‘lgandi.
Kolumbiyalik manbalar futbolchining xoch bog‘lami shikastlanganidan qo‘rqishmoqda. Turinga qaytib kelgach, Kabal aniq tashxis va tiklanish vaqtini aniqlash uchun qo‘shimcha tekshiruvlardan o‘tadi, deb yozadi "Sky Sport".
Joriy mavsumda Kabal A Seriyada 7 ta o‘yin o‘tkazdi va bitta sariq kartochka oldi.