Xoland boshqa sport turi bilan shug‘ullanishi mumkin edi
Erling Xoland zamonamizning eng yaxshi hujumchilaridan biri sanaladi. Shu bilan birga, norvegiyalik sportchi boshqa sport turida ham faoliyat yuritishi mumkin edi. Xolandning aytishicha, u bilan Norvegiya gandbol terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Torir Xergeyrsson suhbatlashgan.
«U mendan gandbolga e’tibor qaratishimni xohlayotganini aytdi. U meni bu sport turida yaxshi natijalar ko‘rsata oladi, deb hisoblardi. Menimcha, gandbolda ham muvaffaqiyatga erishishim mumkin edi, lekin men futbolni tanladim», - deya Xolannning so‘zlarini keltiradi «NRK».
Erling Xoland 2024/2025 yilgi mavsumda 22 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol urgan.