O‘tgan mavsumning eng yaxshi hakami aniqlandi
Ayni damda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi anjumanlar zalida O‘FA Kongressi o‘tkazilmoqda. Unda yakuniga yetib borayotgan mavsumning eng yaxshi hakami aniqlandi.
O‘tgan mavsum davomida bir nechta xalqaro o‘yinlarga tayinlov olgan, xususan, Osiyo kubogi, Parijda o‘tgan Olimpiadaning 4 ta uchrashuvida faoliyat olib borgan, OCHL final uchrashuvida ishlagan Ilgiz Tantashev — “Yilning eng yaxshi hakami” sifatida e’tirof etildi.