Ansu Fati hafta oxirigacha tayyor bo‘ladi
«Barselona» hujumchisi Ansu Fati jarohatidan deyarli forig‘ bo‘ldi.
«Ser» nashri ma’lumotlariga ko‘ra, 22 yoshli ispaniyalik forvard hafta oxirida bo‘ladigan «Leganes»ga qarshi o‘yin oldidan shifokorlardan maydonga tushish uchun ruxsat olishi kutilmoqda.
Fati bu mavsumda jami 7 ta o‘yinda maydonga tushdi, biroq u birorta foydali harakat amalga oshirmadi.